✨Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Radjapova, kotibiyat xodimi G.Shodiyeva tomonidan “Eshonguzar” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
✨O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, uylar atrofining sanitariya holati va tozaligi, hududnin tunda yoritilishi, shuningdek, liftlarning benuqson ishlashi ko‘zdan kechirildi.
✨ Аholini qiynayotgan ayrim masalalar yuzasidan fikr va takliflar tinglanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi. Fuqarolarga tozalikni saqlash, ekologik madaniyatga rioya etish borasida tushuntirish va tavsiyalar berildi.