Jańalıqlar

DEPUTAT SOʻROVI OʻZ SAMARASINI BERDI: URGANCHDA AHOLI TALABI IJOBIY HAL ETILDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati G.Kurbanbayeva tomonidan fuqarolarning kundalik ehtiyoj va takliflari asosida muhim masala koʻtarib chiqilgan edi.

Deputat tomonidan joriy yilning 13-iyun kuni Xorazm viloyati Transport boshqarmasiga SHAY-218-sonli “Urganch shahar – Guliston fuqarolar yig‘ini” avtobus yoʻnalishining ish vaqtini aholiga qulay tarzda belgilash yuzasidan deputatlik soʻrovi yuborilgandi.

2026-yilning 24-iyunidan boshlab, SHAY-218-sonli yoʻnalishdagi avtobuslar ertalabki soat 07:00 dan kechki 19:00 gacha xalqimizga sifatli transport xizmatini koʻrsatishni boshladi.

✅Xalq manfaati yoʻlidagi xayrli ishlar davom etadi! 

Slide 1 of 3