Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲАФТАЛИК ВАЗИФАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ АМАЛИЙ ЕЧИМ ТОПДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: 10 ТА ИШ ЎРНИ ЯРАТИЛДИ
янв.21
САЙЛОВЧИ ИШОНЧИ — ДЕПУТАТ МАСЪУЛИЯТИ
янв.21
ПОДШООТА СОЙИДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
33-сонли мактабнинг қиш мавсумига тайёргарлиги — депутат эътиборида
янв.21
Зарбдорда йўллар равонлашиб, имкониятлар кенгаймоқда
янв.21
ҲАР БИР ЁШ ЭЪТИБОРДА — БАНДЛИК ВА ИМКОНИЯТЛАР МУҲОКАМАСИ
янв.21
ҲАР БИР ОИЛАНИНГ БАРҚАРОР ДАРОМАДГА ЭГА БЎЛИШИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
AL-XORAZMIY MFYDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, Adolat SDP a'zosi Alisher Abduvahobovich Xusainov «Al-Xorazmiy» MFYda aholi muammolarini o‘rganish, fuqarolar murojaatlarini tinglash va ularning yechimiga ko‘maklashish maqsadida sayyor qabul tashkil etdi.
«Al-Xorazmiy» MFY raisi Sh.Z. Arolov majlisni ochib berdi. Yig‘ilishda aholini qiynab kelayotgan muammolar haqida, mahalla yettiligi, deputatlar va mutasaddi tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bilan manzilli ishlash va jamoat xavfsizligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
R.A. Matchanov mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, kechki va tungi vaqtlarda osoyishtalikni ta’minlash, profilaktika inspektori va mahalla faollari hamkorligini kuchaytirish muhimligini ta’kidladi.
Murojaatlar yuzasidan deputat tomonidan fikr-mulohazalar bildirilib, ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, qonuniy yechimini topish va ijrosini nazorat qilish zarurligi ta’kidlandi.
Sayyor qabul aholi muammolarini joyida o‘rganish, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish hamda mahallada osoyishtalik va farovonlikni ta’minlash yo‘lidagi muhim muloqot maydoni bo‘ldi.

Slide 1 of 4