Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲАФТАЛИК ВАЗИФАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ АМАЛИЙ ЕЧИМ ТОПДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: 10 ТА ИШ ЎРНИ ЯРАТИЛДИ
янв.21
САЙЛОВЧИ ИШОНЧИ — ДЕПУТАТ МАСЪУЛИЯТИ
янв.21
ПОДШООТА СОЙИДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
33-сонли мактабнинг қиш мавсумига тайёргарлиги — депутат эътиборида
янв.21
Зарбдорда йўллар равонлашиб, имкониятлар кенгаймоқда
янв.21
ҲАР БИР ЁШ ЭЪТИБОРДА — БАНДЛИК ВА ИМКОНИЯТЛАР МУҲОКАМАСИ
янв.21
ҲАР БИР ОИЛАНИНГ БАРҚАРОР ДАРОМАДГА ЭГА БЎЛИШИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
KUTUBXONA — MA’RIFAT VA MA’NAVIYAT MASKANI

Kitob — inson tafakkurini boyitadigan, dunyoqarashini kengaytiradigan va qalbida ezgulik tuyg‘ularini uyg‘otadigan bebaho xazina. Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ayniqsa, yoshlarni mutolaaga keng jalb etish ma’naviy taraqqiyotning muhim omilidir.
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Alisher Abduvahobovich Xusainov tomonidan “Al-Xorazmiy” mahallasida joylashgan kutubxona faoliyati bilan tanishilib, kitob fondi va kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida kutubxonaning aholi, ayniqsa, yoshlarning bilim va ma’naviy salohiyatini oshirishdagi o‘rniga e’tibor qaratildi. Deputat tomonidan kitob fondini boyitish, yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish hamda adabiy uchrashuvlar va kitobxonlik tadbirlarini tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Zero, kitobxonlik inson kamoloti va mustaqil fikrlashning muhim asosidir. Kutubxona faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan bunday e’tibor mahallada ma’rifat muhitini mustahkamlash, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish va kitobga bo‘lgan mehrini oshirishga xizmat qiladi.
KITOB BOR JOYDA MA’RIFAT, MA’RIFAT BOR JOYDA TARAQQIYOT BOR!

Slide 1 of 4