Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲАФТАЛИК ВАЗИФАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ АМАЛИЙ ЕЧИМ ТОПДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: 10 ТА ИШ ЎРНИ ЯРАТИЛДИ
янв.21
САЙЛОВЧИ ИШОНЧИ — ДЕПУТАТ МАСЪУЛИЯТИ
янв.21
ПОДШООТА СОЙИДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
33-сонли мактабнинг қиш мавсумига тайёргарлиги — депутат эътиборида
янв.21
Зарбдорда йўллар равонлашиб, имкониятлар кенгаймоқда
янв.21
ҲАР БИР ЁШ ЭЪТИБОРДА — БАНДЛИК ВА ИМКОНИЯТЛАР МУҲОКАМАСИ
янв.21
ҲАР БИР ОИЛАНИНГ БАРҚАРОР ДАРОМАДГА ЭГА БЎЛИШИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
2027-YILDA IJTIMOIY EHTIYOJMAND AHOLI QATLAMLARI UCHUN 1 959 TA ISH O‘RNI ZAXIRAGA QO‘YISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo'lib otdi.

Yig‘ilishida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2027-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda Chilonzor tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan taqdim etilgan takliflar muhokama qilindi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga muvofiq, 2027-yilda tumanda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun jami 1 959 ta ish o‘rnini zaxiraga qo‘yish nazarda tutilgan. Jumladan:

▪️ nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun — 668 ta;

▪️ oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar uchun — 67 ta;

▪️ Ijtimoiy reyestrdagi oilalar a’zolari uchun — 972 ta;

▪️ muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan shaxslar uchun — 236 ta;

▪️ jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar uchun — 13 ta;

▪️ odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun — 3 ta.

Ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish bo‘yicha taqdim etilgan manzilli ro‘yxatlarda davlat tashkilotlari hisobidan 1 075 ta, xodimlarining ro‘yxatdagi o‘rtacha yillik soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobidan esa 884 ta ish o‘rni nazarda tutilgan.

Muhokama davomida korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari tomonidan zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining umumiy sonidan kamida 25 foizini kalendar yil boshlanishidan oldin 10 kundan kechiktirmay tayyor holga keltirish, qolgan qismini esa kalendar yilning birinchi choragi davomida zaxiraga qo‘yish tartibiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ishga joylashtirilgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oy hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar taqdim etib borish, belgilangan talablarning bajarilishini monitoring qilish hamda ish beruvchilarning mas’uliyatini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Muhokama yakunida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining takliflari ma’qullanib, 2027-yilda ijtimoiy ehtiyojmand toifalar uchun jami 1 959 ta ish o‘rnini zaxiraga qo‘yish, shuningdek, tegishli manzilli ro‘yxatlarni tasdiqlash masalasini Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi muhokamasiga kiritish tavsiya etildi.


Slide 1 of 4