Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲАФТАЛИК ВАЗИФАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ АМАЛИЙ ЕЧИМ ТОПДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: 10 ТА ИШ ЎРНИ ЯРАТИЛДИ
янв.21
САЙЛОВЧИ ИШОНЧИ — ДЕПУТАТ МАСЪУЛИЯТИ
янв.21
ПОДШООТА СОЙИДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
33-сонли мактабнинг қиш мавсумига тайёргарлиги — депутат эътиборида
янв.21
Зарбдорда йўллар равонлашиб, имкониятлар кенгаймоқда
янв.21
ҲАР БИР ЁШ ЭЪТИБОРДА — БАНДЛИК ВА ИМКОНИЯТЛАР МУҲОКАМАСИ
янв.21
ҲАР БИР ОИЛАНИНГ БАРҚАРОР ДАРОМАДГА ЭГА БЎЛИШИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
“AL-XORAZMIY” MAHALLASIDA OBODLIK YO‘LIDA EZGU TASHABBUS

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-sentabrdagi PF–206-sonli “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda mahallalar rolini kuchaytirish va hududlarning yashillik darajasini tubdan oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Farmonida belgilangan vazifalar doirasida hududlarni obodonlashtirish, yashil maydonlarni asrab-avaylash va aholi uchun sog‘lom ekologik muhit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu maqsadlarga munosib hissa qo‘shish maqsadida xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, Adolat SDP a'zosi Alisher Abduvahobovich Xusainovning tashabbusi bilan “Al-Xorazmiy” mahallasida obodonlashtirish hashari o‘tkazildi.
Hashar davomida hudud mayda chiqindilardan tozalanib, daraxt va butalarning shox-shabbalari butab chiqildi, yashil maydonlar tartibga keltirildi. Mazkur ishlar 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, mahalla hududining ozodaligini ta’minlash va yashil muhitni asrab-avaylashga qaratildi.
Obod mahalla — yashil kelajak va aholi farovonligi garovi. Bunday ezgu tashabbuslar mahalla ko‘rkini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va obodlikni ta’minlash yo‘lidagi amaliy qadamdir.

Slide 1 of 4