Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Янгиқўрғон туманида камбағалликни қисқартириш бўйича штаб фаолияти ўрганилди
янв.21
Фуқаронинг васийликка оид мурожаати ижобий ҳал этилди
янв.21
Сангистон кўчасини шағаллаш бўйича депутатлик сўрови
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари ўрганилди
янв.21
«Соҳил» Янги Ўзбекистон қиёфасидаги маҳаллага айланмоқда
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ва куз-қиш мавсумига тайёргарлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
«Соҳил» маҳалласида аҳоли бандлиги ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Қизилёзи маҳалласида тиббий хизматга оид мурожаатлар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
Atrof-muhitni muhofaza qilish va kompensatsiya to‘lovlari ijrosi o‘rganiladi

Atrof-muhitni muhofaza qilish va kompensatsiya to‘lovlari ijrosi o‘rganiladi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 202-son qarori talablarining tumanda ijro etilishi holatini o‘rganish bo‘yicha ishlar boshlandi.

📌 Doimiy komissiya raisi Feruz Turayev tomonidan tegishli mas’ul tashkilotlarga 2026-yil boshidan buyon amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

🔎 O‘rganish doirasida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi:
atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalar va ularning hisobini yuritish holati;
ifloslantirganlik hamda chiqindilarni joylashtirganlik uchun hisoblangan va undirilgan kompensatsiya to‘lovlari;
ekologik qonunbuzilishlar, aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari;
noqonuniy chiqindi tashlash va oqova suvlarni ruxsat etilmagan joylarga oqizish holatlarining oldini olish;
kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash va undirishdagi mavjud muammolar.

♻️ Shuningdek, ekologik nazorat samaradorligi, tabiatga salbiy ta’sirni kamaytirish hamda “ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyiliga rioya etilishi holati ham o‘rganiladi.

📋 So‘ralgan ma’lumotlarni 2026-yil 20-oktabrga qadar tuman Kengashiga taqdim etish belgilangan.

O‘rganish natijalari asosida mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilib, masala doimiy komissiya tomonidan deputatlik nazorati tartibida ko‘rib chiqiladi.

✅ Maqsad — atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik qonunbuzilishlarning oldini olish va belgilangan talablar ijrosi ustidan samarali deputatlik nazoratini ta’minlash.