Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Янгиқўрғон туманида камбағалликни қисқартириш бўйича штаб фаолияти ўрганилди
янв.21
Фуқаронинг васийликка оид мурожаати ижобий ҳал этилди
янв.21
Сангистон кўчасини шағаллаш бўйича депутатлик сўрови
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари ўрганилди
янв.21
«Соҳил» Янги Ўзбекистон қиёфасидаги маҳаллага айланмоқда
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ва куз-қиш мавсумига тайёргарлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
«Соҳил» маҳалласида аҳоли бандлиги ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Қизилёзи маҳалласида тиббий хизматга оид мурожаатлар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
O‘RQ-641-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

O‘RQ-641-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M. Kilichov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-641-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur qonunda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratish, ularga teng imkoniyatlar taqdim etish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash belgilangan.

Shu maqsadda Samarqand–Kattaqo‘rg‘on avtomobil yo‘li bo‘yida joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi sanitariya-gigiyena xonalari hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

Monitoring davomida infratuzilmaning qonunchilik talablariga muvofiqligi, kirish-chiqish imkoniyatlari, maxsus jihozlar va yaratilgan qulayliklar holati tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️