Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Янгиқўрғон туманида камбағалликни қисқартириш бўйича штаб фаолияти ўрганилди
янв.21
Фуқаронинг васийликка оид мурожаати ижобий ҳал этилди
янв.21
Сангистон кўчасини шағаллаш бўйича депутатлик сўрови
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари ўрганилди
янв.21
«Соҳил» Янги Ўзбекистон қиёфасидаги маҳаллага айланмоқда
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ва куз-қиш мавсумига тайёргарлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
«Соҳил» маҳалласида аҳоли бандлиги ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Қизилёзи маҳалласида тиббий хизматга оид мурожаатлар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
Deputatlik nazorati va hamkorlik – samarali faoliyat garovi

Deputatlik nazorati va hamkorlik – samarali faoliyat garovi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputatlarining hududdagi tashkilot, muassasa va korxonalar bilan samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish hamda ularning faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish maqsadida deputatlar tegishli idoralarga biriktirilgan.

📌 Mazkur tartib asosida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N. Allayorovga Pastdarg‘om tuman 1-son sport maktabi biriktirildi.

Hamkorlik doirasida sport maktabi faoliyati, yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sport infratuzilmasidan foydalanish holati, ta’lim-tarbiya jarayonining sifati hamda mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Mazkur hamkorlik sport sohasida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish hamkorlikda hal etishga xizmat qiladi.
🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz!