Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Янгиқўрғон туманида камбағалликни қисқартириш бўйича штаб фаолияти ўрганилди
янв.21
Фуқаронинг васийликка оид мурожаати ижобий ҳал этилди
янв.21
Сангистон кўчасини шағаллаш бўйича депутатлик сўрови
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари ўрганилди
янв.21
«Соҳил» Янги Ўзбекистон қиёфасидаги маҳаллага айланмоқда
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ва куз-қиш мавсумига тайёргарлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
«Соҳил» маҳалласида аҳоли бандлиги ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Қизилёзи маҳалласида тиббий хизматга оид мурожаатлар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
💧 SUV RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH — DOLZARB VAZIFA!

# 19/1 – moddasi bo‘yicha o‘rganish

🏛 XALQ DEPUTATLARI QO‘SHKO‘PIR TUMANI KENGASHI
💧 SUV RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH — DOLZARB VAZIFA!
📌 Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, tuman suv xo‘jaligi tashkiloti rahbarining joriy yil 3-choragida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi belgilangan.
🌱 Hisobotda quyidagi muhim yo‘nalishlar qamrab olinadi:
🔹 Suv resurslarini boshqarish va ulardan samarali foydalanish;
🔹 Suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash;
🔹 Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati.
📝 Mazkur masala sessiya kun tartibiga kiritilishidan oldin Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasida ko‘rib chiqiladi.
📄 Shu munosabat bilan, Qo‘shko‘pir tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori X.Valiyevdan doimiy komissiya hamda navbatdagi sessiyada hisobot berish, shuningdek, hisobot va qaror loyihasini tayyorlash uchun zarur hujjatlarni Kengash kotibiyatiga 5 kun muddatda taqdim etish so‘raldi.
🌿 Maqsad — suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv xo‘jaligi infratuzilmasini takomillashtirish va tumanda suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish masalalarini deputatlik nazorati asosida ko‘rib chiqish.