Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Янгиқўрғон туманида камбағалликни қисқартириш бўйича штаб фаолияти ўрганилди
янв.21
Фуқаронинг васийликка оид мурожаати ижобий ҳал этилди
янв.21
Сангистон кўчасини шағаллаш бўйича депутатлик сўрови
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари ўрганилди
янв.21
«Соҳил» Янги Ўзбекистон қиёфасидаги маҳаллага айланмоқда
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ва куз-қиш мавсумига тайёргарлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
«Соҳил» маҳалласида аҳоли бандлиги ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Қизилёзи маҳалласида тиббий хизматга оид мурожаатлар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi Kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan deputat M.Azimov saylangan “Urg‘anjibog‘” saylov okrugi hududidagi “Sumbula” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 39-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktab binosining isitish tizimi, qozonxonalarning mavsumga tayyorligi hamda ko‘mir zaxirasi bilan ta’minlanganlik holatiga e’tibor qaratildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ta’lim muassasasida mavjud 2 ta qozonxona kuz-qish mavsumida foydalanish uchun shay holatga keltirilgan. Maktab ehtiyoji uchun jami 60 tonna ko‘mir buyurtma qilingan bo‘lib, hozirgi kunga qadar uning 20 tonnasi yetkazib berilgan va zaxiraga jamg‘arilgan.

O‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — sovuq mavsumda maktabda barqaror issiqlik ta’minotini yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilar hamda pedagoglar uchun qulay sharoit yaratish va ta’lim muassasasining mavsumga tayyorgarligini nazorat qilishdan iborat.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4