Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Янгиқўрғон туманида камбағалликни қисқартириш бўйича штаб фаолияти ўрганилди
янв.21
Фуқаронинг васийликка оид мурожаати ижобий ҳал этилди
янв.21
Сангистон кўчасини шағаллаш бўйича депутатлик сўрови
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари ўрганилди
янв.21
«Соҳил» Янги Ўзбекистон қиёфасидаги маҳаллага айланмоқда
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ва куз-қиш мавсумига тайёргарлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
«Соҳил» маҳалласида аҳоли бандлиги ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Қизилёзи маҳалласида тиббий хизматга оид мурожаатлар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
Oltinsoyda uchta mahallani bog‘lovchi yo‘lni asfaltlash bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi

Muammo nimada? Murojaatda ta’kidlanishicha, “Jiyanbobo” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Qoratepa” va “Guliston” mahallalarini o‘zaro bog‘lovchi Polvon ota ko‘chasining 1 650 metr qismi ko‘p yillardan buyon ta’mirtalab ahvolda qolmoqda.

Yo‘gingarchilik kunlarida loy va noqulayliklar yuzaga kelmoqda;

Quruq va issiq havoda chang ko‘tarilib, aholi va keksalar, maktab o‘quvchilari hamda yosh bolali oilalarning kundalik harakatlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;

Transport vositalari harakati qiyinlashib, mahallalararo transport aloqasi va harakat xavfsizligiga to‘sqinlik qilmoqda.

Deputat nimani taklif etmoqda? O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qarori talablaridan kelib chiqib, deputat quyidagi masalalarni ko‘rib chiqishni so‘ragan:

Polvon ota ko‘chasining 1 650 metr qismini asfaltlash ishlarini 2027-yilda amalga oshiriladigan dasturga kiritish;

Ushbu loyiha uchun zarur mablag‘larni ajratish va qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan tartibda tashkil etish;

Mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda ko‘chaning texnik holatini baholash va amaliy yordam ko‘rsatish.
Ushbu masalaning ijobiy hal etilishi uchta mahalla (“Jiyanbobo”, “Qoratepa” va “Guliston”) aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratishga xizmat qiladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3