Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Янгиқўрғон туманида камбағалликни қисқартириш бўйича штаб фаолияти ўрганилди
янв.21
Фуқаронинг васийликка оид мурожаати ижобий ҳал этилди
янв.21
Сангистон кўчасини шағаллаш бўйича депутатлик сўрови
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари ўрганилди
янв.21
«Соҳил» Янги Ўзбекистон қиёфасидаги маҳаллага айланмоқда
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ва куз-қиш мавсумига тайёргарлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
«Соҳил» маҳалласида аҳоли бандлиги ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Қизилёзи маҳалласида тиббий хизматга оид мурожаатлар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
🍇 Qushchilik mahallasida manzilli ishlar va yangi loyiha o‘rganildi

 Qushchilik mahallasida manzilli ishlar va yangi loyiha o‘rganildi

O‘zbekiston XDP Taxiatosh tumani Kengashi raisi, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich hamrohligida Uzun tumani mas’ullari Qushchilik mahallasida manzilli ishlar va yangi loyihani o‘rgandilar.

🏠 Hamkorlik tashrifi davomida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning xonadonlariga borilib, ularning yashash sharoiti, mavjud muammolari hamda oilalarning imkoniyatlari manzilli o‘rganildi.

🌱 Shuningdek, mahallaning “Keleshеk” ko‘chasida Uzun tumani tajribasi asosida tashkil etilayotgan uzumzor loyihasi bilan tanishildi. Loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilayotgan sharoitlar va kelgusidagi imkoniyatlar muhokama qilindi.

🤝 O‘zaro tajriba almashish orqali mahallalarda aholi bilan manzilli ishlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va yangi loyihalarni amaliyotga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 5