Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Янгиқўрғон туманида камбағалликни қисқартириш бўйича штаб фаолияти ўрганилди
янв.21
Фуқаронинг васийликка оид мурожаати ижобий ҳал этилди
янв.21
Сангистон кўчасини шағаллаш бўйича депутатлик сўрови
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари ўрганилди
янв.21
«Соҳил» Янги Ўзбекистон қиёфасидаги маҳаллага айланмоқда
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ва куз-қиш мавсумига тайёргарлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
«Соҳил» маҳалласида аҳоли бандлиги ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Қизилёзи маҳалласида тиббий хизматга оид мурожаатлар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
#YOSHLAR_MASLAHAT_GURUHI_FAOLIYATI #YOSHLAR_VA_QONUN

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari Normurodov Jahongir O‘rol o‘g‘li tashabbusi bilan tumanimizdagi “Oqarbuloq” mahallasida joylashgan 45-sonli umumta’lim maktabida yoshlar o‘rtasida an’anaviy “Yoshlar va qonun” huquqiy tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

⚖️ Tumanning turli mahallalaridan tashrif buyurgan bilimdon va intiluvchan yoshlar ushbu murosa va qizg‘in bahslarga boy bellashuvda o‘zlarining huquqiy bilim, zukkolik va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Murosasiz kechgan bahslar yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlandi:

🥇 1-o‘rin: “Oqarbuloq” mahallasi — “Qalqon” jamoasi;
🥈 2-o‘rin: “Shodlik” mahallasi — “Senator” jamoasi;
🥉 3-o‘rin: “Bibizaynab” mahallasi — “Adolat” jamoasi.

👏 G‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalarni samimiy muborakbod etamiz! Ularga tanlovning keyingi viloyat bosqichida ham ulkan zafarlar, omad va muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz!

🏆✨📌 Bilimli yoshlar — huquqli jamiyat kafolatidir!

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 7