Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Янгиқўрғон туманида камбағалликни қисқартириш бўйича штаб фаолияти ўрганилди
янв.21
Фуқаронинг васийликка оид мурожаати ижобий ҳал этилди
янв.21
Сангистон кўчасини шағаллаш бўйича депутатлик сўрови
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари ўрганилди
янв.21
«Соҳил» Янги Ўзбекистон қиёфасидаги маҳаллага айланмоқда
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ва куз-қиш мавсумига тайёргарлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
«Соҳил» маҳалласида аҳоли бандлиги ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Қизилёзи маҳалласида тиббий хизматга оид мурожаатлар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
Ta’lim sohasidagi ishlar tanqidiy-tahliliy o‘rganildi.

O‘rganish davomida bo‘limning ish jarayoni, murojaatlar bilan ishlash holati, hujjatlarni yuritish tartibi, ta’lim muassasalari bilan hamkorlik va sohada belgilangan vazifalarning ijrosi tanqidiy-tahliliy nuqtai nazardan ko‘rib chiqildi.
Muloqot jarayonida ayrim yo‘nalishlarda ishlarni yana-da tizimli tashkil etish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda mas’uliyatni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Ayniqsa, ta’lim muassasalaridagi muammolarni joyida o‘rganish, ularni qog‘ozbozlik bilan cheklanib qolmasdan amaliy hal etish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, aholi va pedagoglardan kelib tushayotgan murojaatlarga e’tiborni kuchaytirish, har bir masalaga mas’uliyat bilan yondashish va berilgan topshiriqlarning ijrosini nazoratga olish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Tashrif yakunida ta’lim sohasidagi ishlarni yana-da samarali tashkil etish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Bunday o‘rganishlardan asosiy maqsad — mavjud muammolarni yashirish emas, balki ularni ochiq-oydin aniqlab, mas’ullar bilan birgalikda amaliy yechim topish hamda ta’lim sohasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.

Slide 1 of 2