Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Янгиқўрғон туманида камбағалликни қисқартириш бўйича штаб фаолияти ўрганилди
янв.21
Фуқаронинг васийликка оид мурожаати ижобий ҳал этилди
янв.21
Сангистон кўчасини шағаллаш бўйича депутатлик сўрови
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари ўрганилди
янв.21
«Соҳил» Янги Ўзбекистон қиёфасидаги маҳаллага айланмоқда
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ва куз-қиш мавсумига тайёргарлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
«Соҳил» маҳалласида аҳоли бандлиги ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Қизилёзи маҳалласида тиббий хизматга оид мурожаатлар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
🔰Ichki yo‘llar infratuzilmasi – deputatlar e’tiborida

🔰Ichki yo‘llar infratuzilmasi – deputatlar e’tiborida

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati A. Umarov, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Ro‘ziyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Istiqlol mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
✔️O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki yo‘llarning holati, obodonlashtirilishi va foydalanish uchun qulayligi ko‘zdan kechirildi. Mavjud muammolar va yo‘llarni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
✔️Shuningdek, aholi uchun qulay va xavfsiz yo‘l infratuzilmasini yaratish, ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda ularning holatini yaxshilash bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
✔️Bunday o‘rganishlar hududlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni joyida aniqlash va ularning yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
✔️O‘rganishlar davom etmoqda.

Slide 1 of 6