Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Янгиқўрғон туманида камбағалликни қисқартириш бўйича штаб фаолияти ўрганилди
янв.21
Фуқаронинг васийликка оид мурожаати ижобий ҳал этилди
янв.21
Сангистон кўчасини шағаллаш бўйича депутатлик сўрови
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари ўрганилди
янв.21
«Соҳил» Янги Ўзбекистон қиёфасидаги маҳаллага айланмоқда
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ва куз-қиш мавсумига тайёргарлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
«Соҳил» маҳалласида аҳоли бандлиги ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Қизилёзи маҳалласида тиббий хизматга оид мурожаатлар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#24_ta_masala
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
19¹-modda
🏥 AHOLIGA BIRLAMCHI TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI KO‘RIB CHIQILDI


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 18-Cho‘yinchi–Qishloqbozor saylov okrugi deputati B.Toshpo‘latov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida “Qishloqbozor” mahallasi hududida joylashgan 87-Chuqurko‘l oilaviy poliklinikasiga qarashli Qishloqbozor filiali faoliyati ko‘rib chiqildi.

🔎 O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlarning holati, muassasadagi mavjud shart-sharoitlar, tibbiyot xodimlarining faoliyati hamda aholining kasalliklarini barvaqt aniqlash va oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarning tashkil etilishi tahlil qilindi.

📌 Shuningdek, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, aholining tibbiy profilaktika tadbirlariga qamrovini kengaytirish hamda kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Sifatli birlamchi tibbiy xizmat — aholi salomatligini asrashning muhim bo‘g‘ini.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4