35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИ ЯНГИ ҚИЁФА КАСБ ЭТМОҚДА
янв.21
«Таълим тўғрисида»ги Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Ёшлар спорти: имконият ва шароитлар янада кенгайтирилади
янв.21
Радивон маҳалласи ёшлари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
ҲАР БИР ХОНАДОН — ЭЪТИБОРДА, ҲАР БИР ОИЛА — ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛОВДА
янв.21
ЎРГАНИЛГАН МУАММОЛАР НАЗОРАТГА ОЛИНДИ
янв.21
ҲУҚУҚБУЗАРЛИК ВА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 30-“G‘ishtko‘prik” saylov okrugidan saylangan deputat J.Xusanov tomonidan “G‘ishtko‘prik” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda deputat hamda mahalla yettiligi a’zolari ishtirokida oilalarning yashash sharoiti va ijtimoiy holati o‘rganilib, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilash masalalariga e’tibor qaratildi.

️Shuningdek, oilalarning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash, bandligini oshirish hamda tegishli mezonlar asosida ijtimoiy reyestrdan chiqarilishiga ko‘maklashish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Yig‘ilishda Sarboz ko‘chasidagi 21- va 23-uylarda istiqomat qiluvchi Hamzayev Abduhakim, Haydarov Hudoyberdi, Asqorova Dilfuza hamda Zarip Otajonov ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat va takliflarini bildirdilar.

Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish hamda oilalarning ijtimoiy va iqtisodiy holatini yaxshilash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2