O‘rganish jarayonida “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-681-son, 2021-yil 1-aprel) ijrosi, xususan, mahallada tomorqa xo‘jaliklaridan samarali foydalanish, hududlarni obodonlashtirish hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, Iqbol va Oyqor ko‘chalarida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarining borishi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.