35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
МАЪМУРИЙ НАЗОРАТ ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
БЕКОБОД МАҲАЛЛАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ВА БАЙРАМГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНИБ, МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ОБОД МФЙДА ИНФРАТУЗИЛМА ЯХШИЛАНМОҚДА
янв.21
ҚУТЛУҒТОЛ МАҲАЛЛАСИДА ИНФРАТУЗИЛМА ЯХШИЛАНМОҚДА
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Mahalla obodligi - deputatlar nazoratida
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
Mahalla obodligi - deputatlar nazoratida


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “1-Sangardak” saylov okrugidan saylangan deputat S.Qosimov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasriddinov “Tortuli” mahallasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etishda ishtirok etdilar.
Tadbir tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 41-bandi ijrosini ta’minlash, mahalla hududini obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash maqsadida o‘tkazildi.
Tadbir davomida mahalla hududidagi ariq va zovurlar chiqindilardan tozalandi, daraxtlar oqlanib, ularning atrofi tartibga keltirildi. Shuningdek, hududni ko‘kalamzorlashtirish, mavjud yashil maydonlarni asrash va obodligini ta’minlash bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirildi.
Deputatlar tomonidan hududdagi obodonlashtirish ishlarining holati o‘rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, mahalla ko‘chalari va umumiy foydalanish joylarini yanada tartibga keltirish yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berildi.
Bunday tadbirlar mahallalarda tozalik va obodlikni ta’minlash, aholi uchun yanada qulay va fayzli muhit yaratish, shuningdek, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish ishlarini izchil davom ettirishga xizmat qiladi.
Slide 1 of 3