35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
МАЪМУРИЙ НАЗОРАТ ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
БЕКОБОД МАҲАЛЛАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ВА БАЙРАМГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНИБ, МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ОБОД МФЙДА ИНФРАТУЗИЛМА ЯХШИЛАНМОҚДА
янв.21
ҚУТЛУҒТОЛ МАҲАЛЛАСИДА ИНФРАТУЗИЛМА ЯХШИЛАНМОҚДА
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Fuqarolar murojaatlari manzilli o‘rganilib, deputatlik nazorati o‘rnatildi
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
Fuqarolar murojaatlari manzilli o‘rganilib, deputatlik nazorati o‘rnatildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashiga “15-Tepakchinor” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova “Terakzor” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan manzilli uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida aholining murojaatlari, ijtimoiy-maishiy muammolari va ularni qiynayotgan masalalar batafsil o‘rganildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning ayrimlari joyidayoq hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va mas’ul tashkilotlar aralashuvini talab etadigan masalalar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, yechimi muddat va mas’ul tashkilotlarning amaliy choralarini talab etadigan murojaatlar deputatlik nazoratiga olindi. Ularning ijobiy hal etilishini ta’minlash maqsadida mas’ul idora va tashkilotlarga tegishli tavsiya hamda topshiriqlar yuzasidan ish olib borilishi belgilandi.
Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
Slide 1 of 3