Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Chorvachilikni rivojlantirish uchun berilgan imtiyozli kredit samarasi oʻrganildi

"Mirsaid Bahrom" mahallasidagi oʻrganishlar amaliy natijalar bilan davom etmoqda. Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi deputati Gulnoza Shermatova hamda mahalla hokim yordamchisi hamkorligida hududdagi istiqbolli loyihalar ijrosi xonadonbay yurish orqali koʻzdan kechirildi.
Xususan, ushbu mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolardan biriga chorvachilik yoʻnalishini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish maqsadida hokim yordamchisining amaliy koʻmagi bilan 50 million soʻm miqdorida imtiyozli kredit mablagʻi ajratilgan edi. Fuqaro ushbu mablagʻ evaziga xonadoniga qoʻy sotib olib, oilaviy tadbirkorlikni boshlagan.
Amaliy natija: Deputat va hokim yordamchisi mazkur xonadonda boʻlib, ajratilgan kredit mablagʻining maqsadli ishlatilishi, chorva mollarining parvarishlanishi hamda yaratilgan sharoitlarni yaqindan oʻrgandilar.
Suhbat davomida xonadon egasi bugungi kunda yaratilayotgan bunday imkoniyatlardan mamnunligini, berilgan kredit oila daromadini oshirishga va bandligini taʼminlashga katta turtki boʻlganini taʼkidladi.
Bu kabi loyihalar mahallada nafaqat tadbirkorlikni rivojlantirish, balki aholi farovonligini yuksaltirishda ham muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3