Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati F. Shodiyeva tashabbusi bilan mutasaddilar hamkorligida “Charmgaron” mahalla fuqarolar yigʻinida xotin-qizlar bilan ochiq muloqot va davra suhbati tashkil etildi.

📎Tadbir davomida xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, oilaviy ajrimlar sonini kamaytirish, shuningdek, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, voyaga yetmaganlar oʻrtasida erta turmush va erta nikoh holatlarining oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

📣Davra suhbatida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish ham muhim yoʻnalishlardan biri sifatida qayd etildi. Ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar joyida oʻrganilib, mavjud muammolarni hal etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

✔️Uchrashuv yakunida mutasaddilar tomonidan aholi bilan doimiy muloqotni kuchaytirish, aniqlangan muammolarni tizimli ravishda hal etish hamda xotin-qizlarning huquqiy va ijtimoiy himoyasini yanada mustahkamlash borasida aniq vazifalar belgilab olindi.
 

Slide 1 of 5