Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Bolalarning yozgi taʼtili — deputatlar eʼtiborida

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati Baxtiyor Boboqulov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Navroʻzov tumandagi “Nurli manzil” sogʻlomlashtirish bolalar oromgohida boʻlib, yozgi dam olish mavsumini samarali tashkil etish va bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni oʻrgandilar.

🌴Oʻrganish davomida oromgoh hududidagi qulay va xavfsiz shart-sharoitlar, bolalarning mazmunli hordiq chiqarishlari uchun tashkil etilgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar, kitobxonlikni targʻib etishga qaratilgan loyihalar hamda sport-sogʻlomlashtirish mashgʻulotlari koʻzdan kechirildi.

🏛Shuningdek, dam olish maskanlarini milliy qadriyatlar ruhida bezash, oshxona va yotoqxonalardagi sanitariya-gigiyena holati, choʻmilish havzalarida xavfsizlik choralarining taʼminlanganligi kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

📚Taʼkidlanganidek, yozgi sogʻlomlashtirish oromgohlari bolalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy va maʼnaviy kamolotini taʼminlashda muhim oʻrin tutadi. Oromgohlarda yaratilgan sharoitlar bolalarning sogʻlom dam olishi, yangi bilim va koʻnikmalarni egallashi, doʻstona muhitda muloqot qilishlari hamda vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalanishiga xizmat qiladi.

🤖 Mazkur yoʻnalishdagi ishlarni tizimli davom ettirish va bolalarning yozgi taʼtilini maroqli hamda xavfsiz tashkil etish masalalari deputatlar nazoratida boʻlib qolmoqda.
 

Slide 1 of 9