Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Yoshlar bilan ishlash tizimi faoliyati o‘rganilmoqda!

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan “G‘alabaqqollik” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisi A.Ashurovning ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i A.Karimov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi A.Adxamov ishtirok etdilar.

Monitoring davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–209-son Farmoni bilan yoshlar yetakchilari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning ijrosi, mahalladagi yoshlar bilan ishlash holati, ularning muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda “Yoshlar daftari” bilan ishlash yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

O‘rganish yakunida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, Farmonda belgilangan vazifalarni to‘liq va sifatli amalga oshirish hamda mahalladagi yoshlarning muammo va takliflariga tezkor munosabat bildirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Yoshlar manfaatlarini ta’minlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar doimiy nazoratda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4