Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich o‘zi saylangan "Yangi makon" OFY 3-Mehrem saylov okrugi hududida ichki yo‘llarni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.

📍 O‘rganish davomida ichki ko‘chalarda yangidan ta’mirlash hamda tosh-qum aralashmasi yotqizish rejalashtirilgan hududlar ko‘zdan kechirildi.

🤝 Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, yo‘l-ta’mirlash ishlarini sifatli tashkil etish, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

🔍 Hududdagi mavjud holat yuzasidan fikr almashilib, amalga oshiriladigan ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.

📌 Ichki yo‘llarni bosqichma-bosqich ta’mirlash va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Slide 1 of 2