Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori hamda KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan tavsiyalar asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati R.Madaminov tomonidan G‘alatoy mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat va boshqa ijtimoiy faoliyatlarga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar tahlil qilindi.Yoshlar yetakchisi tomonidan olib borilayotgan ishlar, yoshlarning qiziqish va ehtiyojlarini o‘rganish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, G‘alatoy mahallasi yoshlari “Besh tashabbus olimpiadasi”ning stritbol sport turi bo‘yicha Respublika bosqichida faxrli 3-o‘rinni egallagani natijasida yutib olingan vorkaut maydonchasining qurilish jarayoni ham ko‘zdan kechirildi. Mazkur sport inshooti mahalla yoshlarining sport bilan muntazam shug‘ullanishi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda ularning jismoniy faolligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yaratilayotgan sharoitlardan samarali foydalanish, yoshlarni sport va sog‘lom turmushga keng jalb etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi

Slide 1 of 2