Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 20-“Yo‘lchilar” saylov okrugidan saylangan  deputati G.Allanova, Kengash kotibiyat mudiri M.Kamolova  hamda kotibiyat bosh mutaxassisi T.Xaydarov tomonidan mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalla hududida olib borilayotgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash holati, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlar faolligini oshirish hamda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar tahlil qilinib, ularni ijobiy hal etish, aholini qiynayotgan muammolarni joyiga chiqib o‘rganish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida hududni yanada rivojlantirish, aholining turmush farovonligini oshirish va mahallalarda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini ta’minlash yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

🤝 Mahalla yettiligi va deputatlar hamkorligi fuqarolar manfaatlarini ta’minlash, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning samarali yechimini topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3