Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
#tavsiyalar_asosida #doimiy_komissiya
#tavsiyalar_asosida
#doimiy_komissiya

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati J. To‘rayev, Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi saylov okrugida obodonlashtirish va tozalik holatini o‘rganish maqsadida hududga chiqdi.
 Tashrif davomida mahalla hududlaridagi yo‘llar, piyodalar yo‘laklari, yashil maydonlar hamda chiqindi to‘planish holati joyida ko‘zdan kechirildi. Mas’ul tashkilotlar vakillari bilan suhbat jarayonida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.

Shuningdek, sanitariya holatini yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda ko‘chalarni doimiy toza saqlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Hududni yanada obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Deputat tomonidan mas’ul tashkilotlarga aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur o‘rganish ishlari hudud infratuzilmasini yaxshilash va aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 3