Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI O‘RGANILDI

 IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov, kotibiyat
bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov hamda tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat
guruhi a’zolari Sanoatchilar mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, aholining
ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlarni o‘rgandilar. O‘rganish ishlari mahalladagi
“mahalla yettiligi” vakillari ishtirokida olib borildi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi 49-son qarori
ijrosi doirasida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida “Ijtimoiy himoya yagona
reestri”ga kiritilgan hamda tarkibida I guruh nogironi bo‘lgan fuqaro yashovchi
xonadonda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.


Mazkur xonadonda yashash sharoitlarini yaxshilash, fuqarolar uchun munosib va
xavfsiz muhit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash
ishlarining sifati, muddati va loyiha talablariga muvofiqligi o‘rganildi.
Mas’ullarga ishlar sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash
yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.


Shuningdek, xonadon a’zolari bilan muloqot qilinib, ularning fikr va takliflari
tinglandi. Fuqarolar mamlakatimizda ijtimoiy himoya sohasida amalga
oshirilayotgan islohotlar hamda ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlardan mamnun
ekanliklarini bildirdilar.


O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga
kiritilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 8