Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish va obodonlashtirish masalasi sessiyada ko‘rib chiqildi

 Sessiyada Samarqand shahrida ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlarini obodonlashtirish, uy-joy fondini saqlash va aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratish bo‘yicha amalga oshiriladigan manzilli dastur loyihalari ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar davomida 2026-yilda shahardagi 53 ta ko‘p kvartirali uyda mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilayotgani, buning uchun mahalliy budjet hamda boshqaruv servis kompaniyalari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish nazarda tutilgani ta’kidlandi.

Dastur doirasida:

ko‘p qavatli uylarning tom qismlarini ta’mirlash;

kirish yo‘laklarini obodonlashtirish;

fasad qismlarini yangilash;

muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini ta’mirlash;

 energiya tejamkor yoritish tizimlarini o‘rnatish;

ko‘p kvartirali uylar atrofidagi hududlarni yanada obod va ko‘rkam holatga keltirish ishlari amalga oshiriladi.

Sessiya yakunida manzilli dasturga kiritilgan obyektlarda qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda bajarish, mablag‘lardan maqsadli foydalanish hamda amalga oshirilayotgan ishlar ustidan doimiy nazorat o‘rnatish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Mazkur dastur aholi uchun yanada qulay, xavfsiz va zamonaviy yashash muhitini yaratishga xizmat qiladi.