Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli va sayyor o‘rganish ishlari davomida saylov okrugidagi aholini qiynayotgan qator masalalar o‘rganildi.

Xususan, Zarqent ko‘chasi 11-uyda yashovchi Agzamova Sadoqat aliment undirish masalasida murojaat qildi. Murojaat deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, masalani qonuniy tartibda hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Natijada aliment undirish jarayonini tashkil etish va murojaatchining huquqiy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha zarur amaliy choralar ko‘rildi.

Shuningdek, 2-Chor Kamolon hududida yashovchi Ubaydullayeva Muhlisa hamda Yakubova Zamira tomonidan bildirilgan ijtimoiy masalalar deputat nazoratiga olinib, ularning hayotiy sharoitlari o‘rganildi. O‘rganishlar yakuniga ko‘ra, yolg‘iz ona sifatida qo‘llab-quvvatlashga muhtoj ekanligi inobatga olinib, ularga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish, aholining qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda joylardagi muammolarni bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tizimli ishlar olib borilmoqda. Saylov okrugidagi har bir murojaat alohida nazoratga olinib, ularning ijobiy yechim topishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 6