Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Temir yo‘l yoqasidagi mahallalar obodligi deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, kotibiyat mudiri A.Ashurov, shahar hokimining o‘rinbosari B.Ergashov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar temir yo‘l yoqasida joylashgan mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini o‘tkazdilar.

▫️Jarayonda mutasaddi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan tozalash, yashillik zonalarini barpo etish va hududlarni tartibga keltirish ishlari yaqindan ko‘zdan kechirildi.

▫️Shuningdek, o‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda, ayrim hududlarda tozalik ishlarining yetarli darajada emasligi, begona o‘tlarni tozalash va daraxtlarni butash ishlaridagi sustkashliklar kabi ayrim kamchiliklar aniqlandi.

▫️Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, temir yo‘l yoqasidagi mahallalarning estetik ko‘rinishini yaxshilash hamda hududlarda sanitariya osoyishtaligini ta’minlash yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga aniq ko‘rsatmalar berilishi belgilanib olindi.

Maqsadimiz — Termiz shahrining har bir go‘shasini, ayniqsa, temir yo‘l bo‘yidagi hududlarni ham toza va obod maskanga aylantirishdir!

Slide 1 of 3