Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
YUQORI QO‘RG‘ONCHA MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

 YUQORI QO‘RG‘ONCHA MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati S.Bo‘riyeva, Kengash kotibiyati
bosh mutaxassisi A.Fozilov hamda “MADAD” NNT tuman vakili X. Qodirovlar
ishtirokida Yuqori Qo‘rg‘oncha mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli
faoliyati o‘rganildi.


O‘rganish jarayonida mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning
bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash,
shuningdek, kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka keng jalb etish borasida
amalga oshirilayotgan ishlar holati atroflicha tahlil qilindi.


Shu bilan birga, mahallada ayollar bandligini oshirishga qaratilgan mavjud
imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan loyihalar samaradorligi hamda kelgusida
qilinishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr
almashildi. Mazkur yo‘nalishda ishlarni yanada kuchaytirish, ijtimoiy himoyaga
muhtoj oilalar bilan individual yondashuv asosida ish olib borish bo‘yicha
tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.


Aniqlangan kamchiliklar deputat tomonidan “Deputatning ko‘cha daftari”ga qayd
etildi va bartaraf etish masalalari nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 2