Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Deputat mahallada

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Fotima Seydabdullayeva tumandagi 1-son texnikumda tashkil etilgan “Rahbar va yoshlar” dasturida ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Suhbat jarayonida hukumatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imtiyozlar hamda ulardan samarali foydalanib, kelajakda jamiyatga kerakli kadr bo‘lib yetishish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida fikr almashildi.

Deputat yoshlarning rahbar sifatida shakllanishida bilim va ma’naviyatning o‘rni, zamonaviy boshqaruvda talab etiladigan sifatlar hamda ularni amaliyotda qo‘llash yuzasidan o‘z tajribasidan kelib chiqib tavsiyalar berdi.

Shuningdek, respublikamizdagi rahbar kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalarining jamiyatdagi roli haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Tumanimizda rahbar kadrlar tayyorlash bo‘yicha davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yoshlarga tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 1