Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
YUKSAK MA’RIFATLI AVLOD — UCHINCHI RENESSANS POYDEVORI

Bugun Chilonzor tumanidagi umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq — 2026” tadbirlari ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

📍Jumladan, 79-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan bayram tadbirida xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, kotibiyat mudiri Murotova Lola Ne'matjon qizi ishtirok etdi.

🗣Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Unda yoshlarimiz Yangi O‘zbekistonning eng katta tayanchi, Uchinchi Renessans bunyodkorlari ekani alohida ta’kidlandi.

✨Bayram tadbirida bitiruvchilarning samimiy chiqishlari, kuy-qo‘shiq va sahna ko‘rinishlari, ustozlarga bildirilgan minnatdorchiliklar, quvonchli va unutilmas lahzalar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

✔️Tadbirda deputat bitiruvchilarga kelgusidagi hayot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar, oliy ta’limga kirishda omad hamda yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shish tilaklarini bildirdi.

🌱Kelajak egalari bo‘lgan yoshlarimizga yorqin istiqbol va ulkan zafarlar tilaymiz!

Slide 1 of 4