Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova xotin-qizlar faolining ish hujjatlarini olib borish tartibi bilan tanishdi.

G’azberon mahallada faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faoli O.Murodovaning ish hujjatlari yuritilishi holatini Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Soliyeva hamda 13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova tomonidan o’rganildi. Tashrif davomida xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, murojaatlar bilan ishlash tartibi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar ro’yxati hamda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga oid hujjatlarning belgilangan tartibda yuritilayotganiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo’naltirish, ijtimoiy-ma’naviy qo’llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Faol tomonidan ish hujjatlarini tartibli va mas’uliyat bilan yuritish, har bir murojaatni o’z vaqtida nazoratga olish hamda muammolarni hal etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilayotgani ko'rib chiqildi.

Tashrif yakunida deputat tomonidan ish samaradorligini yanada oshirish, hujjatlar yuritilishini takomillashtirish hamda xotin-qizlar bilan ishlashda manzilli yondashuvni kuchaytirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
 

Slide 1 of 1