Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Xotin-qizlarni bandligini ta’minlash bo’yicha ishlar deputat tomonidan o’rganildi.

18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva tomonidan Qumrabot mahalla fuqarolar yig’inida xotin-qizlarni kasbga yo’naltirish, ularning bandligini ta’minlash hamda doimiy daromad manbaini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi.

O’rganish jarayonida mahalladagi ishsiz va ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga muhtoj xotin-qizlarni kasb-hunarga o’qitish, tikuvchilik, pazandachilik, hunarmandchilik kabi yo’nalishlarga jalb qilish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, kasb o’rgangan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni oilaviy tadbirkorlikka yo’naltirish hamda o’zini o’zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Deputat mahallada tikuvchilik faoliyati bilan shug’ullanib kelayotgan xotin-qizlar xonadonlarida ham bo’lib, ular uchun yaratilgan sharoitlar, tikuv mashinalari va tayyorlanayotgan mahsulotlar bilan tanishdi. Ayniqsa, uy sharoitida mehnat qilib, oila daromadini oshirayotgan, qo’shimcha ish o’rinlari yaratishga hissa qo’shayotgan xotin-qizlarning faoliyatiga ijobiy baho berildi. Tikuvchilik orqali xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularning tadbirkorlikka qiziqishini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
 

Slide 1 of 1