Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Investitsiya loyihasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov tomonidan kotibiyat xodimi N.Kurganova ishtirokida tumanda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida tumanning “Qoronqul” mahallasi hududida “Future-Ground” MChJ tomonidan 120 o‘rinli mehmonxona barpo qilish loyihasi uchun biriktirilgan yer maydoni, infratuzilma ishlari, loyiha me’yorlariga rioya qilinishi va qurilish sifatini ta’minlash choralariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, loyihaning mahalliy aholi va hudud iqtisodiyotiga ta’siri, ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari ham tahlil qilindi.

🔺O‘rganish natijalariga ko‘ra, loyiha doirasida qurilish ishlari belgilangan muddatlarda amalga oshirilmoqda va barcha xavfsizlik va texnik me’yorlarga rioya qilinmoqda. Shuningdek, qurilish jarayonida ishchilarni sifatli jihozlar bilan ta’minlash va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari ham nazorat qilinmoqda.

🔺Deputat tomonidan hududda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari mahalliy iqtisodiyot va bandlikni rivojlantirishda muhim rol o‘ynashi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3