Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Deputat mahallada Maktablarda sport va infratuzilma: Deputatlar e’tiborida

 Maktablarda sport va infratuzilma:
Deputatlar e’tiborida
 

Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport
inshootlari, umumta’lim maktablari, kollej va akademik litseylarning sport
zallari hamda ulardagi sport anjomlarining holatini o‘rganish Xalq deputatlari
tuman Kengashi deputatlarining doimiy diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.
 

Mazkur yo‘nalishdagi navbatdagi nazorat va
o‘rganish tadbiri 14-Mingtepa saylov okrugidan saylangan deputat («Adolat» SDP
deputatlik guruhi a’zosi) B. Abdurahmonov hamda Kengash kotibiyati bosh
mutaxassisi G. Xudoyqulova tomonidan joyiga chiqqan holda amalga oshirildi.
 

O‘rganish davomida quyidagilar qayd etildi: 

Muassasada o‘quvchi-yoshlarning sport bilan
shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlar mavjudligi va sport zallarining holati
ko‘zdan kechirildi.
 

Shuningdek, maktab binosining infratuzilmasini
yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar ham o‘rganildi. Xususan,
maktabning tom qismidan yomg‘ir suvlari chakki o‘tgan joylarini ta’mirlash va
tiklash ishlari to‘liq bajarilganligi aniqlandi.
 

Yoshlarimizni ommaviy sportga keng jalb
etish bilan bir qatorda, ular ta’lim va sport bilan shug‘ullanadigan
binolarning soz va xavfsiz holatda bo‘lishini ta’minlash borasidagi nazorat
ishlari izchil davom ettiriladi.
 

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/  

Slide 1 of 4