Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda

Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda

🇺🇿 Oliy Majlis Senatining 15-yalpi majlisida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonun muhokama qilinib, senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Qonun bilan mahalliy vakillik organlari faoliyatiga qator muhim yangiliklar kiritilmoqda:

Mahalliy Kengashlarda Kengash raisi o‘rinbosari instituti joriy etiladi. U bir vaqtning o‘zida Kengash kotibiyati mudiri vazifasini ham amalga oshiradi.

Kengashlar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida Kengash Rayosati tashkil etiladi. Uning tarkibiga Kengash rahbariyati, doimiy komissiyalar va siyosiy partiya guruhlari rahbarlari kiradi.

“Kengash soati” instituti joriy etilmoqda. Endi deputatlar aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan mahalliy davlat organlari va mutasaddilardan tezkor javob olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Senatorlar ta’kidlaganidek, ushbu Qonun Prezidentning 2025-yil 23-iyundagi PF–98-sonli Farmoni ijrosini ta’minlashga xizmat qilib, “Kuchli Kengash – hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyilini amalda qaror toptirishda muhim qadam bo‘ladi.

Qonunning qabul qilinishi:
— vakillik nazorati ta’sirchanligini kuchaytirishga;
— hududiy muammolarni hal etish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1