Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Deputatlik so‘rovi javobi

Deputatlik so‘rovi javobi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati tomonidan 2026-yil 7-may kuni tuman hokimi o‘rinbosari nomiga “Kelajak” mahallasi hududidagi qator kommunal muammolar yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Mazkur murojaatda 7-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ichimlik suvi ta’minoti mavjud emasligi, “Obod” ko‘chasidagi markaziy suv quvurining yorilishi natijasida suv isrof bo‘layotgani hamda sanoat zonasi yaqinidagi suv tizimidagi nosozliklar ko‘tarilgan edi.

Murojaat yuzasidan tuman “Suv ta’minoti” bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish natijasida 7-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hozirda reja-grafik asosida hamda maxsus texnika orqali ichimlik suvi bilan ta’minlanib kelinayotgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, “Obod” ko‘chasidagi markaziy suv quvuri hamda sanoat zonasidagi suv tizimlaridagi nosozliklarni bartaraf etish ishlari quruvchi tashkilot tomonidan amalga oshirilishi, mazkur suv inshootlari hozirga qadar tuman suv ta’minoti bo‘limi balansiga qabul qilinmaganligi bildirildi.

Mazkur masalalar yuzasidan nazorat ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 3