Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Jamoat transportidagi muammolar o‘rganildi.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 5-Oydin saylov okrugidan saylangan deputat O.Muzaffarova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Murodovlar hamkorligida “Navgadi” mahallasida jamoat transporti xizmati holati joyiga chiqib o‘rganildi.
⚡️O‘rganish jarayonida aholi uchun yaratilgan sharoitlar, jamoat transportlarining muntazam harakatlanishi, mikroavtobus bekatlarining holati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
⚡️O‘rganish davomida ayrim mikroavtobus qatnovlarining belgilangan vaqtda harakatlanmayotgani, bekatlardagi infratuzilma talab darajasida emasligi hamda yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish borasida qator kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.
⚡️Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholiga sifatli va qulay transport xizmati ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida tuman hokimi o‘rinbosari X.Bafoyev nomiga deputat so‘rovi chiqarishga kelishib olindi.
⚡️Mazkur yo‘nalishdagi ishlar nazoratga olinib, aholi murojaatlariga asosan amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 5