Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
NAVOIY SHAHRIDA KOMMUNAL SOHA VA INFRASTRUKTURA YO‘NALISHLARIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

NAVOIY SHAHRIDA KOMMUNAL SOHA VA INFRASTRUKTURA YO‘NALISHLARIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Tasheva Shaxnoza Azamatovna xizmat safari bilan Toshkent shahrida bo‘lib turganligi sababli, belgilangan reja-grafik asosida o‘rganish ishlari Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida Navoiy shahrida qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Jumladan, issiqlik ta’minoti sohasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-son qaroriga muvofiq tizimda tub islohotlar amalga oshirilayotgani, “Issiqlik ta’minoti” MChJ Navoiy filiali tomonidan 230,6 kilometr issiqlik tarmoqlari orqali aholi va ijtimoiy obyektlarga xizmat ko‘rsatilayotgani qayd etildi. Shuningdek, 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida issiqlik quvurlarini ta’mirlash va modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, elektr, gaz va ichimlik suvi ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish, ko‘p kvartirali uy-joylarni ta’mirlash, ichki yo‘llarni yaxshilash hamda tashqi yoritish tizimlarini yangilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

O‘rganishlar yakunida sohalarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2