Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Kengash raisining o‘zi saylangan hududdagi faoliyati

Termiz tuman Kengashi raisi S.Nazarov va kotibiyat mudiri A.Avliyakulov Termiz tuman hududidagi Gulbahor mahallasiga tashrif buyurib, mahalla yettiligi faoliyati bilan batafsil tanishdi.

Mazkur hudud tuman Kengashi raisiga biriktirilgan bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash tizimi hamda ijtimoiy-iqtisodiy holat yuzasidan atroflicha o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish va tozalash ishlari, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar, yoshlar bilan ishlash va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar e’tirof etildi. Shu bilan birga, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi bilan ishlash sifatini yanada oshirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. 

Slide 1 of 4