Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

🏛 “G‘o‘rin-Gilambob” mahallasida deputatlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi 5-Seplon saylov okrugi deputati M. Narbasheva hamda Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L. Xakimova tomonidan “G‘o‘rin-Gilambob” mahallasida mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

🤝 Mazkur uchrashuv hududlarni kompleks rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, “Mahalla yettiligi — Kengash — Senat” uch bo‘g‘inli hamkorlik tizimi samaradorligini yanada oshirish maqsadida o‘tkazildi.

📊 Uchrashuv davomida mahalla hududida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, infratuzilmani yaxshilash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda aholini qiynayotgan dolzarb muammolar atroflicha muhokama qilindi.

📝 Fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaatlar tinglanib, har bir masala yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi. Tegishli tashkilot va mutasaddi rahbarlarga masalalarni o‘z vaqtida va sifatli hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

🔎 Shuningdek, mahalladagi mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatilib, mas’ul tashkilot rahbarlariga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

✅ Uchrashuv yakunida hududni yanada obod qilish, aholi turmush farovonligini oshirish hamda mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etish bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4