Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Bolalar uchun zamonaviy va xavfsiz muhit yaratish maqsadida bolalar maydonchasini rekonstruksiya qilish hamda hududni kompleks ravishda obodonlashtirish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Muqumiy ko‘chasining 160-, 161-, 162- va 164-sonli ko‘p qavatli uylar hududida joylashgan bolalar maydonchasining bugungi holati yuzasidan fuqarolar tomonidan 5-Charx Kamolon okrugi deputati Mahmudova Donoxon Artikovaga tegishli murojaatlar kelib tushdi.

Joyiga chiqib o‘rganish jarayonida maydoncha infratuzilmasi eskirgani, o‘yin jihozlari foydalanish uchun xavfsiz emasligi hamda hudud obodonlashtirish ishlariga muhtoj ekani aniqlandi.

‼Mazkur holat yosh bolalarning xavfsiz va sifatli hordiq chiqarishi uchun yetarli sharoit mavjud emasligini ko‘rsatadi.

Shu munosabat bilan, bolalar uchun zamonaviy va xavfsiz muhit yaratish maqsadida mazkur maydonchani rekonstruksiya qilish hamda hududni kompleks ravishda obodonlashtirish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Mazkur masala okrug deputati Mahmudova Donoxon Artikova tomonidan xalq manfaatlarini inobatga olgan holda nazoratga olindi.