Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Ijtimoiy nafaqalar yetkazilishi ustidan deputatlik nazorati

        Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati Q.Qo‘ziyev Yorqishloq mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholiga davlat
tomonidan ajratilayotgan nafaqa pullarining o‘z vaqtida va to‘liq miqdorda yetkazib berilish holatini nazorat tartibida o‘rgandi. O‘rganish jarayonida deputat mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, keksa yoshdagi fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda boquvchisini yo‘qotganlar bilan uchrashib, ularga belgilangan nafaqa va moddiy yordam mablag‘larining o‘z vaqtida yetkazilayotgani, to‘lov jarayonlarida muammolar mavjud yoki mavjud emasligi yuzasidan suhbatlashdi. Shuningdek, to‘lovlarni amalga oshiruvchi mutasaddi tashkilot
vakillari bilan muloqot qilib, hujjatlar yuritilishi, to‘lov reyestrlari va qabul qilingan murojaatlar holati ko‘zdan kechirildi. Deputat o‘z nazorati
doirasida ijtimoiy to‘lovlarning shaffofligi va adolatli taqsimlanishi ta’minlanishi zarurligini ta’kidlab, aholi murojaatlarini doimiy ravishda
o‘rganib borishini bildirdi. Mazkur o‘rganish ishlari aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlarning o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi amaliy choralardan biri bo‘ldi.
  

Slide 1 of 4