Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Ayaqquduq OFY Qulumbet ovulida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ayaqquduq OFY Qulumbet ovulida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Kayipova Svetlana Kojamkulovna Qulumbet ovulida o‘z saylov okrugi aholisi bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — saylovchilarni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish, fuqarolarning murojaat va takliflarini bevosita eshitish hamda ularning yechimi yuzasidan aniq chora-tadbirlarni belgilashdan iborat bo‘ldi.

Muloqot davomida aholi tomonidan ichimlik suvi va elektr ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi, tibbiy xizmatdan foydalanish, yoshlar bandligi hamda ijtimoiy himoya masalalari yuzasidan qator savol va takliflar bildirildi.

Shuningdek, mahalla hududini obodonlashtirish, tozalikni ta’minlash va jamoat nazoratini kuchaytirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan barcha murojaatlar batafsil qayd etilib, ularni qonun doirasida hal etish, tegishli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda muammolarga yechim topish bo‘yicha ishlar olib borilishi ta’kidlandi. Ayrim masalalar yuzasidan mas’ullarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi ham rejalashtirildi.

Uchrashuv yakunida saylovchilar bilan doimiy aloqada bo‘lish, bunday ochiq muloqotlarni muntazam o‘tkazish aholining ishonchini mustahkamlash va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Slide 1 of 5