#162_ta_qonun
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#PF_193_son_farmon_ijrosi
📢 GULISTON MAHALLASIDA DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 5-Guliston-Galaguzar saylov okrugi deputati O. Umarov saylov okrugiga qarashli Guliston mahallasida
deputatlik faoliyatining 24 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida mahalla yettiligi a’zolari bilan suhbat o‘tkazildi.
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar maxsus savolnoma asosida o‘rganildi.
🔎 Jumladan, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash;
🔹 aholining doimiy daromad manbalariga ega bo‘lishiga ko‘maklashish;
🔹 kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish;
🔹 kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish;
🔹 kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;
🔹 amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini ta’minlash.
✅ O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Farmon ijrosini joylarda tahlil qilish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlar holatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishiga ko‘maklashishdan iborat.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube